11 jan 14:05
Yangiliklar
Futbol

"Bavariya"ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi malum
"Bavariya"ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb 19 yoshli Alfonso Deyvis topildi.
Bu haqda myunxenliklar matbuot xizmati xabar bermoqda. 19 yoshli kanadalik o'tgan oy "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 5 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta assist qayd etdi.
Muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari:
1. Alfonso Deyvis - 41%
2. Filippe Koutino - 32%
3. Robert Levandovski - 16%
Eslatib o'tamiz, Deyvis "Bavariya"dan oldin Kanadaning "Vankuver Uaytkeps" jamoasida o'ynagan. U 2017 yildan buyon Kanada terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Havola :
Fikrlar