08 mar 12:38
Yangiliklar
Baxtda Bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish ustalari bellashdi
4-7 mart kunlari o'tkazilgan mamlakat chempionatida o'smirlar, yoshlar, kattalar, faxriylar hamda imkoniyati cheklangan sportchilar medallar uchun bellashishdi. Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlari hamda Toshkent shahrida 400 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.
Bellashuvlar dast ko'tarish va uzun cikl yo'nalisharida o'tkazilib, unda ishtirokchilar jami 32 ta (o'g'il bolalar 20, qizlar 12) vazn toifasida bahslarga kirishdilar. Yakunda sirdaryolik polvonlardan Sarvar Arslonboev, Gulinur Qodirqulova, Andijon viloyati vakillaridan Jasur Isoqov, Xomidjon Xomidjonov, SHohruh Bahodirjonov, Ruxshona Tolibjonova, Yodgoroy Najimova singari sportchilar g'oliblar qatoridan joy olishdi.
O'zbekiston Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish federaciyasi raisi Vohiddin Najmiddinovning aytishicha, ushbu musobaqa 27-30 aprel kunlari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga saralash vazifasini ham o'tab berdi.
Fikrlar