24 avg 18:37
Yangiliklar
Eshkak eshish
Baydarka va kanoechilarimiz ishtirokidagi finallar yakuniga etdi
Samarqandda davom etayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Jahon chempionatining bugungi kun dasturidan o'rin olgan final bahslari yakuniga etdi.
Natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, 21 yoshli kanoechimiz Dinara Jo'raeva 1000 metr masofaga kechgan bellashuvda ettinchi, xuddi shu masofada Mirjalol Kamilov hamda Kamronbek Ahtamov juftligi to'qqizinchi bo'lib marraga etib keldi. Finaldagi eng yosh tandem bo'lgan bayrdarkachilarimiz SHahrizoda Mavlonova hamda Ozodjon Amriddinov 500 metr masofada beshinchi natijani qayd etishdi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar