04 noy 12:48
Yangiliklar
Eshkak eshish
Baydarka va kanoechilarimiz Turkiyaga yo'l olishdi
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaning Belek shahriga yo'l oldi.
Hamyurtlarimiz ushbu shaharda 28 noyabrga qadar xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadilar. Terma jamoamiz tarkibida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olib ulgurgan Dilnoza Rahmatova hada Nilufar Zokirova ham bo'lib, ular mashg'ulotlar jarayonida o'zlari uchun tuzib chiqilgan dastur asosida shug'ullanadilar.
SHuningdek, qolgan 15 nafar vakilimiz kelasi yil Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqaga tayyorgarlik bo'yicha shug'ullanishda davom etishadi. Sportchilarimizga 4 nafar tajribali murabbiy biriktirilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar