So’nggi yangiliklar

16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0

11 sen 08:06
Yangiliklar

Eshkak eshish

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik muhokama qilindi

Avgust oyining so'nggi kunlari sportimiz uchun quvonchli onlarga boy bo'ldi.

Ayniqsa, 21-25 avgustda Vengriyaning Ceged shahri baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha mezbonlik qilgan jahon chempionatida sportchilarimiz Tokio-2020 Olimpiadasi uchun 2 ta, Paralimpiya o'yinlari uchun esa 3 ta yo'llanma qo'lga kiritib qaytdilar. 

Kecha Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston “ROWING & CANOE” federaciyasi mutasaddilari va MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Unda Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan va licenziya olishi rejalashtirilayotgan sportchilar bilan bo'lajak startlarga tayyorlanish mavzusi ko'rib chiqildi. Yig'ilishda Pan-Amerika qilichbozlik konfederaciyasi rahbari Vitaliy Logvin Rustam SHoabdurahmonovga hamrohlik qildi. 

“Vengriyadagi jahon chempionatida Tokio-2020 uchun bir nechta yo'llanmalar qo'lga kiritgan bo'lsak ham bu bizning maksimal natijamiz emas. Oldinda Osiyo qitasi uchun kvalifikacion musobaqa orqali yana bir necha licenziyaga ega bo'lish imkoniyati bor. Akademik eshkak eshuvchilarimiz ham bir necha kun muqaddam dunyo birinchiligida qatnashdilar. Afsuski, terma jamoa tarkibining aksariyatini 20 yoshgacha bo'lgan sportchilar tashkil etgani uchun vakillarimizga raqobatda biroz tajriba etishmadi. Bu yo'nalishda ham kelasi yil qitaviy kvalifikaciya turnirida licenziya olish rejalashtirilgan. SHuningdek, kanoeda 500 metr masofaga eshkak eshish bo'yicha juftlik yo'nalishida yo'llanma olgan qizlarimiz uchun alohida tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi”, – dedi O'zbekiston “ROWING & CANOE” federaciyasi Bosh kotibi Vyacheslav Didrix. 

O'z navbatida Rustam SHoabdurahmonov JCHda licenziya ololmagan sportchilar uchun ishlab chiqilgan dastur bilan yaqindan tanishib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

“Bu borada murabbiylar qanday tayyorlanishni yaxshi bilishadi. Ularga qanaqa yordam ko'rsatish kerak bo'lsa biz tayyormiz. Faqat sizlardan talab etiladigan narsa puxta ishlab chiqilgan reja va kelajakdagi natija. Hukumatimiz tomonidan Tokio Olimpiadasi tayyorgarligiga juda katta etibor qaratilmoqda. Biz bunday ishonchni oqlashimiz darkor. Osiyo qitasi uchun o'tkaziladigan licenzion musobaqaga 5-6 oy bor. Hozir sportchilarimiz yaxshi sport formasida va ushbu vaqtda aniq ishlangan reja bilan harakat qilsak, ko'zlangan maqsadimizga etamiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov. 

Yig'ilish davomida Vitaliy Logvin ham o'z tajribasidan kelib chiqqan holda qimmatli maslahatlarini bildirib o'tdi. SHuningdek, sportchilarimiz uchun yaqin vaqt ichida tashkil etiladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlari, ularni kerakli inventarlar bilan taminlash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing