14 okt 16:32
Yangiliklar
Gimnastika
Baylz gimnastika tarixidagi eng sovrindor sportchiga aylandi
Amerikalik gimnastikachi, to'rt karra Olimpiada chempioni Simona Baylz o'ziga xos rekord sohibasiga aylandi.
Baylz gimnastika tarixida jahon chempionatlarining eng ko'p medaliga ega chiqqan sportchi sifatida qayd etildi. Bu borada u belaruslik Vitaliy SHerboni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
22 yoshli Simona Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan jahon chempionatining yakshanba kungi dasturida bir yo'la ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu uning jahon chempionatlaridagi 24 va 25-medali bo'ldi. Endi Baylz hisobida jahon chempionatining 19 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medali bor. SHerboning umumiy medallari soni 23 ta edi.
Havola :
Fikrlar