09 mar 13:16
Yangiliklar
SHaxmat

Bayramga bag'ishlangan xalqaro turnirdan FOTOGALEREYA
Poytaxtimizdagi shaxmatga ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o'smirlar sport maktabida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Nodira Nodirjonova, Nilufar Yoqubboeva, Bahora Abdusattorova, Irina Gevorkyan, Sevara Boymuratova, Umida Omonova kabi iqtidorli shaxmatchilarimiz Belarus, Ukraina va rossiyalik shaxmatchilarga qarshi dona surmoqdalar.
Hozircha 5 imkoniyatdan 4 ochko jamg'argan belaruslik Valeriy Kazakovskiy peshqadam bo'lib turibdi. Keyingi o'rinni hamyurtimiz Irina Gevorkyan band etgan. Irina hisobida 3,5 ochko bor.
To'rt nafar shaxmatchi 2,5 tadan ochko to'plagan - Anton Sitnikov (Ukraina), Arkadiy Vul (Rossiya), Umida Omonova (O'zbekiston), Sevara Boymuratova (O'zbekiston).
Xalqaro turnir g'olib va sovrindorlari nomi 10 mart kuni malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar