So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

05 noy 12:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev: "Bunday hakamlar bokschilarning faoliyatini barbod qiladi"

Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev so'nggi jangiga oid fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

U 3 noyabr tongida amerikalik Devid Stivensga qarshi jang o'tkazib, hakamlarning ayri qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.

"Afsuski, eng yaxshi jihatlarimni ko'rsata olmadim. Bu jang men uchun tajriba bo'ladi. Janglar oralig'ida biroz bo'shashib, ortiqcha vaznga ega bo'ldim. To'rt hafta ichida 19 kg yo'qotishim talab etilardi. Bu qiyin ish edi. Jang paytida ham ortiqcha vaznga ega edim. Men zarba berishni va uni nokautga uchratishni xohlardim, lekin raqib kuchli, yaxshi tayyorlangan bo'lib chiqdi, u asosiy vaqtini klinchda vaqt o'tkazdi.

Burchakda ular ko'proq tezlik va kombinaciyalarni talab qilishdi. Raqib buni tushundi, lekin o'zini zarbaga tayyorladi. Men katta tajribaga ega bo'ldim. Keling, xulosa chiqaramiz va yaxshiroq bo'lamiz. Hakamlar xulosasiga ko'ra, men uchta raund yutqazganimni his qildim. Hakamlardan birining bahosi (116-112 Stivenson foydasiga) barchani hayratda qoldirdi. Bu umidsizlantiradi. 

Promouter, hakamlar, sharhlovchilar — hamma hayratda edi. Bunday hakamlar bokschilarning faoliyatini barbod qilib, orzularidan mahrum etadi. Ammo biz ringda tom manoda qon to'kdik. Yigirma yildan ko'proq vaqt davomida shunday qilyapmiz. Bunday qarorlardan biri sizni hammasidan mahrum qilishi mumkin. Nima bo'lganda ham, barchaga qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat aytaman. CHempionlik uchun kurashga yana bir qadam yaqinlashdik!", dedi Meliqo'ziev.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing