15 noy 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev "Golden Boy" bilan shartnoma imzolaganidan so'ng nimalar dedi?
Olimpiya o'yinlari va jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo'ziev Oskar de la Xoyyaga qarashli "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.
Bokschimiz ushbu kelishuv amalga oshganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mir boksa" va "Golden Boy" kompaniyalari bilan birga uzoq va muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqchiman. Mana shunday professional jamoaga ega ekanligimdan xursandman.
Televizor orqali ajoyib janglarni ko'rganimda men ham AQSHda jang qilayotgan mana shunday bokschilarga o'xshashni orzu qilardim. Endilikda, menda shunday imkoniyat paydo bo'ldi. Men undan maksimal ravishda foydalanaman. Hayron bo'lmang, endi mening har bir jangim o'tkazib yuborish mumkin bo'lmagan spektaklga aylanadi", - deya bokschimizning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BoxingScene nashri.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar