24 mar 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev keyingi jangiga mashhur murabbiyning zalida taniqli bokschi bilan sparring mashg'uloti olib bormoqda + FOTO
Professional boksning supero'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bektemir Meliqo'ziev Amerika Qo'shma SHtatlarida bo'lib turibdi.
Farg'onalik 28 yoshli bokschimiz dastlab, Indio shahridagi aka-uka Diaslar jamoasi bilan mashg'ulot olib borgandi.
Instagram tarmog'ida tarqalgan suratlarga ko'ra esa Bektemir Ogayo shtatidagi Tuinsberg shahrida joylashgan Brickhouse Boxing Club zalida shug'allanayotganini ko'rishimiz mumkin. Bu zal mashhur boks murabbiyi Malik Skottga tegishli hisoblanadi.
Quyidagi suratda Meliqo'ziev bilan birga kanadalik Karim Xakket (chapda) va Ukraina vakili Aleksandr Gvozdikni (o'ngda) ko'rishingiz mumkin.
Havola :
Manba : BoxerTV
O’xshash yangiliklar
14:00
Bektemir Meliqo'zievning vaznidagi Berlanga raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi + VIDEO 0
Fikrlar