13 iyu 20:39
Yangiliklar

Bektemirning jangini Oskar De La Xoyya kuzatadi
Ushbu boks oqshomi Golden Boy Promotions tomonidan tashkil etilayotgan bo'lib, oqshom doirasida jami 6 ta jang o'tkaziladi. Ushbu promouterlik kompaniyasi afsonaviy bokschilardan biri Oskar De La Xoyyaga tegishli.
Kechaning ilk jangida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev ringga ko'tariladi. Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori debyut jangida argentinalik Martin Fidel Riosni sinovdan o'tkazadi.
Tabiiyki, olti raundga mo'ljallangan jangni bevosita arenadan boks oqshomi tashkilotchisi Oskar De La Xoyya ham kuzatib boradi. Kechaning markaziy jangi esa WBC Silver chempionlik kamari uchun kechadi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Seniesa Estrada Gretchen Abanielga qarshi ringga chiqadi.
Fikrlar