09 jan 11:55
Yangiliklar
Futbol

Bekxem "Inter Mayami"ga Fil Nevillni taklif qildi
"Inter Mayami" xo'jayini Devid Bekxem bosh murabbiylikka Fil Nevillni taklif etdi.
Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar bu borada suhbat o'tkazishgan va Nevillning AQSHga yo'l olishi deyarli aniq bo'lmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Inter" ushbu haftada jamoada 2019 yilning dekabridan beri ishlab kelgan urugvaylik Diego Alonso bilan xayrlashdi.
43 yoshli Nevill esa ayni damda Angliya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar