02 noy 13:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Belal Muhammad infekciya tushgan oyog'ini ko'rsatdi + FOTO
Yarimo'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Belal Muhammad ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga jangi bekor qilinishiga sabab bo'lgan jarohatini ko'rsatdi.
Asli kelib chiqishi falastinlik bo'lgan aralash yakkakurash ustasi oyoq barmog'iga infekciya tushishi natijasida UFC 310 turniridagi jangidan echilgandi.
"Men shifokor emasman. Lekin fikrimcha, men UFC 310 turniridagi jangimni bekor qilib, to'g'ri qarorga keldim", — deya surat ostida izoh qoldirgan Muhammad.
Eslatib o'tamiz, UFC 310 yakuniga etib borayotgan 2024 yilgi eng so'nggi raqamlangan UFC turniri hisoblanadi. Belal ushbu turnirning markaziy jangida o'z chempionlik kamarini qozog'istonlik SHavkat Rahmonovdan himoya qilishi kerak edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar