So’nggi yangiliklar

22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0

31 avg 15:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Belal Muhammad SHavkat Rahmonov bilan jang qilmaydi

Yarimo'rta vazn toifasida UFC chempioni Belal Muhammad qozog'istonlik SHavkat Rahmonov bilan UFC 307 turnirida jang qilishdan bosh tortdi.

Muhammad iyul oyining oxirida Leon Edvardsni mag'lubiyatga uchratib, UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Belal ilk chempionlik himoya jangiga tayyorgarlik uchun ikki oy kamlik qilishini aytib, qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasining taklifiga rad javobii berdi. Divizion reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan Rahmonov amerikalik chempionning kamariga bosh davogarlardan hisoblanadi. 

"Bizga 5 oktyabr kuni jang o'tkazish taklifini berishgandi. Men rozi bo'ldim. Afsuski, u tayyorgarlik uchun qisqa muddat vaqt qolishini aytib, bu jangga rozilik bermadi. Belal chempion bo'lsam, uning himoya janglarini uzoq kuttirmayman degandi. Hozircha u o'z so'zining ustidan chiqmyapti. Menga kelsak, istalgan paytda u bilan jang qilishga tayyorman", - dedi Rahmonov. 

Eslatib o'tamiz, 5 oktyabr kuni AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida UFC 307 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangi yarimog'ir vaznda amaldagi chempion Aleks Pereyra hamda reytingning sakkizinchi pog'onasidan borayotgan Xalil Runtri o'rtasida o'tkaziladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing