01 noy 11:22
Yangiliklar
Belal Muhammad - SHavkat Rahmonov jangi bekor qilindi
Ushbu jang 7 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi UFC 310 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Ayni paytda matchmeykerlar Rahmonovga boshqa raqib izlashyapti. Hozircha UFC bu jangning bekor qilinishi yuzasidan rasmiy xabar bergani yo'q.
Malumotlarga qaraganda, jangning bekor qilinishiga 36 yoshli Belal Muhammad sabab bo'lgan. U shu yilning iyul oyida Manchesterda o'tgan UFC 304 turnirida britaniyalik Leon Edvardsni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarimo'rta vaznning yangi chempioniga aylangandi.
Qozog'istonlik 30 yoshli SHavkat Rahmonov ketma-ket oltita jangda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. So'nggi jangi davogarlar maqomida bo'lib, o'shanda u ikkinchi raundda Stiven Tompsonni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar