So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

01 fev 23:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Belarusdagi xalqaro turnirda qatnashgan bokschi qizlarimiz yurtimizga qaytib kelishdi + FOTO

Teglar :  BoksAyollar boksi
Xabar berib o'tganimizdek, 26-30 yanvar kunlari Belarusning Orsha shahrida Belarus Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy A.K.Kolchin xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada o'zbekistonlik bokschi qizlar ham ishtirok etishdi. Quvonarlisi, bahslarda qatnashgan 8 nafar bokschimizning barchasi musobaqada shohsupaga ko'tarildi. 

Musobaqa yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik bokschilar quyidagi natijani qayd etishdi:

Oltin medal: 

-51 kg: Gulasal Sultonalieva

-54 kg: Sitora SHogdarova

-60 kg: Dilfuza Bekova

-64 kg: Mohinabonu Abdullaeva

-69 kg: Navbahor Hamidova


Kumush medal: 

-60 kg: Ziyoda Yarasheva

-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva


Bronza medal:

-57 kg: Sitora Turdibekova

Qizlarimiz musobaqada murabbiy Elshod Rasulov va Dilmurod Hasanov boshchiligida ishtirok etishdi. Jasurbek Qurbonov esa hakam sifatida faoliyat olib bordi. 

Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz bugun yurtimizga qaytib kelishdi. 

Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, murabbiylar, sportchilarimizning yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etishdi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing