So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

31 mar 18:52
Yangiliklar

Boshqalar

Belbog'li kurash. Andijonda aniqlangan alplar+FOTO

Andijon olimpiya zaxiralari kollejida belbog'li kurash bo'yicha 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi ushbu chempionatda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 265 nafar yosh sportchi-o'quvchilar ishtirok etishdi. 

Andijon olimpiya zaxiralari kolleji manejida tashkil etilgan ushbu musobaqada polvonlar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishlari bo'yicha bellashishdi. Musobaqaning birinchi kunida o'smirlar klassik yo'nalishda, qizlar esa erkin yo'nalish bo'yicha o'zaro kuch sinashishdi. 

Dastlab erkin usulda kurash tushgan o'smirlar o'rtasida g'olib va sovrindorlar nomi aniq bo'ldi: 

42 kg. Hikmatjon G'ulomov (Farg'ona) 

46 kg. Husan Azimov (Toshkent sh.)

50 kg. Asadbek Rahmatov (Andijon)

55 kg. Nusrat Sultonboev (Andijon)

60 kg. Muhammadjon Rasulov (Andijon)

65 kg. Ixtiyor Ravshanov (Buxoro)

71 kg. Zufar Risqiboev (Toshkent v.)

77 kg. G'ofurjon Meliqo'ziev (Farg'ona)

83 kg. Muhammad Vahobov (Toshkent v.)

90 kg. Ilyos Obidjonov (Farg'ona)

+90 kg. Nodirbek Saparboev (Xorazm)

Kunning ikkinchi yarmida davom etgan qizlar o'rtasidagi kurash bahslari ham murosasiz va qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi. Barchinoylar bellashuvida  etti vazn toifasida g'olibalar aniqlandi: 

44 kg. Mohigul Ibragimova (Namangan)

48 kg. Madina Akromova (Andijon)

52 kg. Bibigavxar Po'latboeva (Qoraqalpog'iston)

63 kg. Maftuna Mahmudova (Andijon)

70 kg. Umida Saidova (Farg'ona)

+70 kg. Zeboxon Nosirova (Namangan)

Musobaqaning ikkinchi kuni o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin yo'nalishda kuch sinashishdi. Klassik usuldan farqli ularoq bu yo'nalishda polvonlar oyog'i bilan bemalol chalish usullarini qo'llashi mumkin. Klassikda esa raqiblar faqat belbog'idan mahkam tutgan holda, oyoq ishlatmasdan bellashishadi. G'oliblar bilan tanishing:

42 kg. Asadbek Abduqahhorov (Namangan)

46 kg. Diyorbek Rahimov (Namangan)

50 kg. Doniyor O'rolov (Jizzax)

55 kg. Mardonbek O'roqov (Surxondaryo)

60 kg. Muhammadiyor Mamatov (Namangan)

65 kg. Qaxramon Omonboev (Andijon)

71 kg. Iqboljon Imomjonov (Farg'ona)

77 kg. SHoxruh Imomboev (Samarqand)

83 kg. Muxtorjon Jo'raboev (Namangan)

90 kg. SHoxruh Nishonboev (Farg'ona)

+90 kg. Orifjon Ibrohimov (Namangan)

CHempionat yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Baxtiyor Turg'unpo'latov, Namangan viloyati, Uychi tuman belbog'li kurash bo'yicha bosh murabbiyi, musobaqa hakami: 

- Ushbu chempionatda ham yosh iqtidorli sportchilar ko'pligi bizni xursand qildi. Barcha hududlarimizdan ishtirokchilarning borligi, ayniqsa voha viloyatlarning polvonlari vodiy polvonlariga munosib raqib bo'layotgani belbog'li kurashning yanada ommalashayotganidan darak beradi. Bu musobaqalarda saralangan kurashchilarimiz milliy terma jamoamizga zaxira to'plashda qo'l kelishini hisobga oladigan bo'lsak, biz murabbiylar, hakamlar asosiy etiborimizni yosh istedodlarni iqtidorini shakllantirish va katta sport sari yo'naltirib, mahoratli sportchi qilib tarbiyalashdan iborat bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, belbog'li kurash bo'yicha navbatdagi O'zbekiston chempionati 13-15 aprel kunlari Nukus shahrida bo'lib o'tadi. Unda 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar ishtirok etadi. 


Ilhom Rahmonov tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing