So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

07 jan 14:36
Yangiliklar

Boshqalar

Belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati Toshkentda o'tkaziladi

Birlashgan sport kurashlari (UWW) noolimpiya kurashlari bo'yicha 2018 yil hisobidan o'tkaziladigan xalqaro musobaqalar taqvimini tasdiqladi.

Etiborga molik jihati shundaki, belbog'li kurashning erkin yo'nalishi bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga poytaxtimiz mezbonlik qiladigan bo'ldi. Ushbu qita chempionati 1-6 may kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

O'smirlar o'rtasidagi bahslarda o'g'il  va qiz bolalar 9tadan, yoshlar esa 8ta vazn toifasida Osiyo chempionati medallari uchun bahslarga kirishishadi. Har bir mamlakat delegaciyalari tarkibidan ikki nafar hakam joy olishi shart.


O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi masulligida o'tkaziladigan Osiyo chempionati doirasida belbog'li kurashning milliy yo'nalishi bo'yicha ham bahslar tashkil etiladi.

Umuman olganda, joriy 2018 yil hisobidan jami 14ta xalqaro musobaqaning o'tkazilishi rejelashtirilgan. Bu turnirlarning eng nufuzlisi Indoneziyaning Jakarta shahrida o'tkaziladigan Osiyo o'yinlari hisoblanadi. Uning doirasida belbog'li kurash ham joy olgan. 


Suratda: O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Umarov Arslan Ablaatovich va terma jamoa bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov (o'ng tomonda)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing