16 may 13:20
Yangiliklar
Belbog'li kurash. CHempionlar CHiroqchida aniqlandi
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda mamlakat belbog'li kurash federaciyasi taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida bellashishdi.
Musobaqaning ilk kuni dastlab ochilish marosimi tashkil etildi. Tantanali tarzda tashkil etilgan mazkur ochilish marosimida ishtirok etgan CHiroqchi tuman hokimi Rustam Jo'raqobilov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, belbog'li kurash bo'yicha kattalar o'rtasida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Azamjon SHokirjonovlar so'z olib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga berilayotgan etibor natijasi ularoq yoshlarimizning xalqaro sport maydonlarida muvaffaqiyatlarga erishayotgani, birgina belbog'li kurash sport turi bilan minglab o'g'il-qizlar shug'ullanib, yuqori natijalarni qo'lga kiritayotganliklari xususida takidlab o'tishdi.
SHuningdek, ochilish marosimiga CHiroqchi tumanida tug'ilib voyaga etgan, futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiazosi, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni, ayni paytda BAAning “SHarja” klubida to'p tepayotgan Otabek SHukurov ham yosh polvonlarga omad tilab, bir guruh BO'SM tarbiyalanuvchilariga sport kiyimlari va futbol to'plarini sovg'a qildi.
SHundan so'ng, musobaqaga start berildi. CHempionatning birinchi kuni o'smirlar belbog'li kurashning klassik yo'nalishida, qizlar esa erkin yo'nalishda kuch sinashishdi.
Natijalarga etibor qaratamiz:
O'smirlar (Klassik yo'nalish):
32 kg. 1. Hayotbek Kamoliddinov (Farg'ona). 2. Bunyodbek Rasulov (Farg'ona), 3. Habibjon Abdirashidov (Sirdaryo), Habibullo Muhammadaliev (Toshkent v.).
35 kg. 1. Kamronmirzo Ismoilov (Namanan), Boburjon SHuhratov (Toshkent v.), 3. Muhammadrasul Muhammadjonov (Namangan), Bunyod Abdiqodirov (Toshkent sh.).
38 kg. 1. Abdumannop Mamasiddiqov (Farg'ona), 2. Sardorbek Alijonov (Farg'ona), 3.Suhrob Ismoilov (Xorazm), Jamoliddin Nematullaev (Namangan).
42 kg. 1. Bahromjon Baxtiyorov (Farg'ona), 2.Sardor Jumaboev (Toshkent v.), 3. Baxrom Sarsenboev (QQR), Soxibjon Jakbaraliev (Namangan).
46 kg. 1. Sardorbek Sodiqjonov (Namangan), 2. Dostonbek Obidjonov (Namangan), 3. Muxammadaziz Mashrabjonov (Andijon), Salim To'xtamurodov (Toshkent shahri).
50 kg. 1. Mirzajon Mirzajonov (Namangan), 2. Samandar Anvarov (Farg'ona), 3. Ilxomjon Mo'minov (Toshkent v.), Komiljon Nishonboev (Toshkent v.).
55 kg. 1. Elbek Erkinov (Namangan), 2. Islombek Rahimqulov ( Namangan), 3. Samandar Nurmuhammaedov (Buxoro), Farrux Dilmurodov (Toshkent sh.).
60 kg. 1. Bekzodbek Kamoliddinov (Andijon), Samandar Mamajonov (Farg'ona), 3. Rahmiddin O'roqov (Navoiy), Latifjon Kamoliddinov (Xorazm).
65 kg. 1. Safarmurod Jumaboev (Andijon), 2. Muradjon Sobirjonov (Namangan), 3. Azizbek Allamberinov (QQR), 3. Dilxush O'sarov (ROZK)
71 kg. 1. Kamronbek Nigmatov (Toshkent sh), 2. Elyor Ortiqboev (ROZK), 3. Abdulbosit Tursunboev (Andijon), Ilhom Aynazarov (QQR ).
+71 kg. 1. Muhammad Vahobov (Toshkent v.), 2. SHahboz Haydaraliev (Farg'ona), 3. Umidjon Jamilov (Sirdaryo), Muhammadayubxon Qo'ziev (Andijon).
Qizlar (erkin yo'nalish):
40 kg. 1. Karomat Davletova (Xorazm), 2. SHoxista Mirabdullaeva (Namangan), 3. Sevinch Yuldoshev (Qashqadaryo ), Yasmina Sodiqova (Namangan).
44 kg. 1. Gulmixon Orinboeva (QQR), 2. SHoxsanam Amaniyozova (QQR), 3. Fotimaxon Nosirova (Farg'ona), Madinabonu Akramova (Namangan).
48 kg. 1. Nodiraxon Mamajonova (Farg'ona), 2. Yulduz Abdullaeva (Sirdaryo). 3. Sayyora Muratbaeva (QQR), Zulayxo Abdujabborova (Namangan).
52 kg. 1. Marvarid SHodmonalieva (Andijon), 2. Muqaddasxon Tashlanbaeva (Andijon), 3. Saida Egamnazarova (Sirdaryo), Sevinch Sobirjanova (Namangan).
57 kg. 1. Sevinch Tovbaeva (Sirdaryo), 2. Qizlarxon Xusanova (Namangan), 3. Gulina Oblaqulova (Navoiy), Mohinur Rahmonova (Xorazm).
63 kg. 1. Ozodaxon Sattorva (Farg'ona), 2. Gulxumor Husanova (Namangan), 3. SHahnoza Komiljonova (Andijon), Durdona Mirzamahmudova (Namangan).
+63 kg. 1. SHirinoy Yuldasheva (Namangan), 2. Madinabonu Qahromonova (Andijon), 3. Nodiraxon Rahmonova (Andijon), SHoxsanom Mahmarasulova (Qashqadaryo).
CHempionatning ikkinchi kuni o'smirlar o'rtasida erkin yo'nalish bo'yicha g'olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Kuchli uchlikniqo'lga kiritgan polvonlar bilan tanishamiz.
32 kg. 1. Husanboy Abdujabborov (Andijon), 2. Muhammadyusuf Muhammadullaev (Andijon), 3. Bahodir Tohirjonov (Toshkent sh.), Alijon Turg'unsherov (Namangan).
35 kg. 1. Haydarali Ahatjonov (Farg'ona), 2. Hojiakbar Asqarxonov (Toshkent v.), 3. Firdavs Umarov (Buxoro), SHukrullo Xolmirzaev (Namangan).
38 kg. 1. Jahongir Eshqo'ziev (Sirdaryo), 2. Jamolbek Ollayorov (Surxondaryo), 3. Jasurbek Haydarov (Sirdaryo), Ziyodjon Hasanov (Farg'ona).
42 kg. 1. Abubakir Do'stmamatov (Navoiy), 2. Sodiqjon To'raqulov (Farg'ona), 3. Navro'zbek Mahamadaliev (Namangan), Diniyor Abdurazzaqov (Surxondaryo).
46 kg. 1. Abduahat Abdullaev (Jizzax), 2. Umidjon Muhammedov (Navoiy), 3. Abduvali Hamidov (Navoiy), Asliddin Qambarov (Namangan).
50 kg. 1. Xurshid Qo'chqorov (Qashqadaryo), 2. Saidakabar Soibnazarov (Surxondaryo), 3. Odiljon Pazliddinov (Namangan), Madhiddin Fazliddinov.
55 kg. 1. Fayozbek Abdug'afforov (Farg'ona), 2. Hasanboy Vahobjonov (Namangan), 3. Samandar Norinboev (Toshkent v.), Karimov Oybek (Toshkent v.).
60 kg. 1. Saidraufxon Habibullaev (Toshkent v.), 2. Og'abek Rajabov (Samarqand), 3. Xolmurod Anvarov (Farg'ona), Farrux Sobirjonov (Namangan).
65 kg. 1. Samandar Isroilov (Farg'ona), 2. Jasurbek Valijonov (Farg'ona), 3. Asadbek Abdumutaliev (Namangan), Eshmamat Baratov (Toshkent sh.).
71 kg. 1. Diyorbek Xudoyberganov (Xorazm), 2. Muxtorjon Hojimurodov (Namangan), 3. Asadbek Turg'unboev (Namangan), Umidjon Jo'raqo'ziev (Farg'ona).
+71 kg. 1. Asadbek Marufov (Farg'ona), 2. Bahodir Mehmonov (Farg'ona), 3. Muhriddin Mahmudjonov (Namangan), Firdavs Ramazonov (Qashqadaryo).
Musoboqa yakuniga etgach, taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. O'z vazn toifalarida muvaffaqiyat qozongan yosh sportchi bolalar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.
Javlon MIRJUMAEV, Guliston Olimpiya zaxarilari kolleji belbog'li kurash murabbiyi:
- Musobaqadan musobaqada sportchilarimizning usul jihatidan iqtidorlari oshib bormoqda. Ushbu chempionatda ham shogirdlarimizdan Jahongir Eshqo'ziev 38 kg.da oltin, Yulduz Abdullaeva 48 kg.da kumush, Saida Egamnazarova 52kg.da bronzamedallarga erishdi, xursandmiz. Bugun Sirdaryo vilyatida ham 600 nafarga yaqin bolalar belbog'li kurash bilan shug'ullanishadi. Boyovut, Xovos tumanlarida, SHirin, Guliston shaharlarida belbog'li kurash ommalashgan. Albatta, viloyatimizda milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni ommalashishida, chempionlar etishib chiqishda ustozlarimiz Qo'zhaydar Egamberdiev, Asilbek Egamberdiev, Husniddin Berdibekovlarning xizmati tahsinga loyiq. Maqsadimiz, viloyatimizda belbog'li kurashni yanada rivojlantirib, xalqaro musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallash va Yurtimiz shanini doim ulug'lash bo'ladi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar