So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

04 iyu 11:44
Yangiliklar

Boshqalar

Belbog'li kurash. Vodilda kurash bo'ldi, bir boshqacha...

Farg'ona viloyati Farg'ona tumani Vodil qishlog'idagi aholi dam olish istirohat bog'ining “CHinor tagi” deb nom olgan maydonida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan katta kurash bayrami bo'lib o'tdi.

Belbog'li kurash va kurash bo'yicha ananaviy respublika ochiq turniri 1-2 iyun kunlari bo'lib o'tdi va shu qishloqda tug'ilib o'sgan hamda muxlislar qalbidan joy olgan, o'z davrining nomdor polvonlaridan Hamid va Temir polvonlar xotirasiga bag'ishlandi. 

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, belbog'li kurash va kurash federaciyalari taqvim-rejasidagi mazkur Ochiq turnirda mamlakatimiz hamda qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston Respublikalaridan 200 nafarga yaqin  polvonlar ishtirok etishdi. 

Turnirda polvonlar belbog'li kurash bo'yicha 55, 60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 va mutloq vazn toifalarida, kurash bo'yicha esa erkaklar 66, 73, 81, 90, +90 va mutloqda, ayollar 52, 63 hamda +63 kg vazn toifalarida bellashishdi.

Dastlab, musobaqaning birinchi kuni ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda tabrik uchun so'z olgan mehmonlar yig'ilganlarni 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qutlab, sportchilarga omad tilashdi. Hamid va Temir polvonlarning bosib o'tgan ibratli umr yo'llari haqida to'xtalib o'tishdi. 

Badiiy jamoalarning kuy-qo'shiqlari, taniqli askiyachilarninng ichak uzdi hangomalari bayramga o'zgacha ko'tarinkilik baxsh etdi. SHuningdek, muxlislar, ota-onalar, Temir va Hamid polvonlarning oila azolari ham  turnirni tashkil etgan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, Farg'ona viloyati hokimligi va viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga, Farg'ona tumani hokimligiga, Tursunali polvon Mamajonov va uning o'g'li Ravshan polvon Mamajonovlarga o'z minnatdorchiligi bildirishdi. 

SHundan so'ng, o'rnatilgan ikkita kurash gilamida bir vaqtning o'zida har ikkala sport turi bo'yicha bellashuvlarga start berildi. 1 iyun kuni muxlislar polvonlarning yarim finalgacha bo'lgan bellashuvlarini zo'r qiziqish bilan tomosha qilishdi. 

Yarim finalgacha bo'lgan bellashuvlarda belbog'li kurashchilardan andijonlik Husniddin Ro'ziev, Ilhomjon Mashrabov, farg'onalik SHerzod Rahimov, Islom Qo'ldoshev, Muhammadali Mamajonov, poytaxtlik Zaylobiddin Ortiqov, kurashchilardan Jonibek Qozoqov (Samarqand), Tolibjon Komilov (Farg'ona), Qaljan Deyusenbaeva (Qozog'iston), Ersulton Muzaffarov (Qozog'iston) singari nomdor polvonlarning chiqishlari, raqiblariga nisbatan qo'llagan usulari belbog'li kurash va kurash shaydolarining olqishlariga, etiroflariga sazovor bo'ldi.

Ikkinchi iyun kuni ertalabdan boshlanganbellashuvlarda birin-ketin eng kuchli polvonlar  nomi malum bo'la boshladi. Turnirni tashkil etilishida jonbozlik ko'rsatib kelayotgan, tashkilotchilardan sanalagan Tursunali polvon Mamajonov finalga yo'l olgan polvonlar va ularning murabbiylarini  muxlislarga tanishtirib bordi. 

Demak, g'olib sportchilar bilan tanishamiz:

Belbog'li kurash 

Erkaklar:  -55 kg. 1. Husanboy Nosirov (Andijon), -60 kg. 1. Murod Homidov (Namangan), -73 kg. 1. Husniddin Ro'ziev (Andijon), -81 kg. 1. Kamolliddin Mahkamov (Farg'ona), -90 kg. 1. Islom Qo'ldoshev (Farg'ona), -100 kg. 1. Zaylobiddin Ortiqov (Toshkent sh.), +100 kg. va mutloq vaznda SHerzod Rahimov (Farg'ona).

Kurash  

Erkaklar: -66 kg. 1. Tolibjon Komilov (Farg'ona), -73 kg. 1. Rahmatillo Nuriddinbekov (Andijon), -81 kg. 1. Jonibek Qozoqov (Samarqand), -90 kg. 1. Ersulton Muzaffarov (Qozog'iston), +90 kg. 1. Mansur SHeraliev (Andijon). Mutloq vazn. 1. Elnur Bo'riev (Farg'ona).

Qizlar: -52 kg. 1. Zarnigor Rahmiddinova (Farg'ona), -63 kg. 1. Uljan Deyusenbaeva (Qozog'iston), +63 kg. 1. Qaljan Tayjanova (Qozog'iston).

Bellashuvlar yakuniga etgach, g'olib va sovrindor sportchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Qaljan TAYJANOVA, Qozog'iston terma jamoasi azosi, +63 kg. vaznda birinchi o'rin sohibasi: 

- Avvalo musobaqani tashkil etgan tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman. Sizlarning mehmondo'stligingiz, ochiq ko'ngillik va shirinsuxonliklaringiz bizni qoyil qoldirdi. O'z vazn toifamda g'olib bo'lganimdan xursandman. Nasib etsa, keyingi musobaqalarga ham kelishga harakat qilamiz. Boisi, terma jamoamiz uchun bunday ochiq turnirlarda ishtirok etish tajribamiz oshishiga katta yordam bo'ladi. Hammaga yana bir bor jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.


Ilhom RAHMONOV, Vodil qishlog'idan maxsus tayyorladi   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing