16 iyu 17:50
Yangiliklar
Bellator tugatiladimi? Promoushen prezidenti javob berdi
Unda 23 sentyabr kuni Irlandiya poytaxti Dublin shahrida o'tkaziladigan Bellator 299 turniri tashkilot tarixidagi so'nggi musobaqa bo'lishi aytilgan edi.
Xabarda aytilishicha, Bellator MMA promousheniga egalik qiluvchi Amerikaning Viacom mediakonglomerati PFL ligasi bilan kelishuvga yaqin turibdi. Aynan PFL Bellator aktivlarini sotib olmoqchi. Bu ikkita tashkilot birlashib, so-promoushen bo'ladimi? Hozircha bunisi qorong'u. Har qanday holatda ham Irlandiyadagi turnir Bellator uchun hozirgi holatidgi so'nggisi bo'ladi.
"Bellator o'ziga hamkor izlayapti. Yaqin ikki oy ichida aniq malumotga ega bo'lasiz. Haqiqatan ham, PFL muzokalarda ishtirok etyapti. Hozirda Viacom PFL hamda yana ikkita kompaniya bilan muzokara o'tkazyapti", - dedi Bellator prezidenti Skott Koker.
Eslatib o'tamiz, 23 sentyabrga belgilangan Bellator 299 turnirining markaziy jangi o'rta vazn toifasi chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi. Unda amerikalik Jonni Eblin britaniyalik Fabian Edvardsga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar