24 fev 09:10
Yangiliklar
Bellator va PFL chempionlari o'zaro jang oldidan tarozidan o'tdi
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq Bellator chempioni Vadim Nemkov bugun og'ir vaznda debyut qiladi. Sakkiz yildan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi bugun sobiq PFL chempioni Bruno Kappelozzaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Nemkov 108 kg (238.1 funt), Kappelozza esa 107.1 kg (236.2 funt) tosh bosdi.
Og'ir vazn toifasidagi ikkinchi jang Bellator chempioni Rayan Beyder hamda PFL kamari sohibi Xenan Ferreyra o'rtasida kechadi. Aynan mana shu to'qnashuv oqshomning markaziy jangi bo'ladi. Beyder tarozida 104.8 kg (231.1 funta), 119.4 kg (263.2 funt) vazn qayd etdi.
Darvoqe, Bellator vs PFL chempionlar turnir kardida Bektemir Meliqo'ziev nokautga uchratgan bokschi ham bor. Kley Kollard Ey Jey Makkiga qarshi oktagonga chiqadi.
Bellator vs PFL turnirining to'liq kardi:
Renan Ferreyra — Rayan Beyder
Impa Kasanganay — Jonni Eblen
Magomed Magomedkerimov — Jeyson Jekson
Xesus Pinedo — Patrisio Pitbul
Bruno Kappelocca — Vadim Nemkov
Tyago Santos — Yoel Romero
Kley Kollard — Ey Jey Makki
Byajo Ali Uolsh — Kris Morris.
Fikrlar