10 iyu 11:16
Yangiliklar
Futbol
"Benfika" Mourinyuning o'rnini kim egallashini elon qildi
"Benfika" klubi Joze Mourinyu istefoga chiqqanidan so'ng, uning o'rnini bosadigan yangi bosh murabbiy nomini malum qildi.
Bu lavozimni ayni paytda "Fulxem"ni boshqarib kelayotgan Marku Silva egallaydi. "Benfika" Silva bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi, unda hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham ko'zda tutilgan.
Marku Silva "Fulxem"ga qadar "Everton", "Uotford", "Xall Siti", "Olimpiakos", Lissabonning "Sporting" va "Eshtoril-Praya" klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan.

Havola :
Fikrlar