27 sen 12:59
Yangiliklar
Futbol
Benzema 3-o'ringa chiqib oldi
"Real" hujumchisi Karim Benzema LaLigada faoliyat olib borayotgan futbolchilar orasida assistentlik bo'yicha 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida Benzema bir golga assistentlik qildi va bu uning uchun 82-si bo'ldi. Ushbu natijada Benzema "Barselona" hujumchisi Leo Messi (183) va "Betis" xavbeki Xoakin Sanches (89)dan ortda qolmoqda.
32 yoshli Benzema "Real" tarkibida 2009 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. "Qirollik klubi" tarkibida u 515 o'yinda 249 gol va 136 assist qayd etdi.
Uning shartnomasi 2022 yilga qadar amal qiladi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar