"Real" hujumchisi Karim Benzema "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
33 yoshli francuz uchrashuvning 17-daqiqasidayoq jarohat oldi va uning o'rniga Luka Yovich maydonga tushdi. Karim chap oyog'i son qismi mushaklaridan jarohat orttirib olgan bo'lishi mumkin.
Ushbu mavsumda Benzema 20 o'yinda 17 ta gol kiritib, 8 ta assist qayd etdi.
Fikrlar