26 apr 07:20
Yangiliklar
Berlin Millennium Team Cadet European Cup. Birinchi kun 8 ta medal, umumjamoa hisobida 1-o'rindamiz!
Medallar yo'lida bahslarga kirishgan 10 dzyudochimizdan 8 nafari yakunda shohsupaga ko'tarildi. CHaros Hikmatova va Abubakr Sattorov o'z vazn toifalarida tengsiz bo'lishdi. Ular sharafiga Germaniya zaminida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Etiborlisi, final dasturi bellashuvlarini bevosita arenadan O'zbekistonning Germaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov kuzatib bordi.
Quvonarlisi shundaki, dunyoning 35 davlati dzyudochilari qatnashayotgan Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 musobaqasining birinchi kuni yakunlariga ko'ra medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turibmiz.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-48 kg: CHaros Hikmatova
-60 kg: Abubakr Sattorov
Kumush medallar
-50 kg: Mamurjon Abduvahobov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
Bronza medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafruz Boltaboeva
-55 kg: Bobur Yusupov
-66 kg: Akromjon Karimov




Fikrlar