15 may 22:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Besh nafar bokschimiz jahon chempionati chorak finalida ishtirok etadi
Istanbul shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning 1/8 final bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.
Kun davomida besh nafar bokschimiz jang qildi va ularning uch nafari g'alaba qozondi:
-52 kg: Tursunoy Rahimova - Tetiana Kob (Ukraina) 5:0
-54 kg: Nozimaxon Bulturova - Elena Zekich (Serbiya) 0:5
-50 kg: Aziza Yoqubova - Anush Grigoryan (Armaniston) 4:1
-60 kg: Mohinabonu Abdullaeva - Six Yi Vu (Xitoy Taypeyi) 0:5
-66 kg: Navbahor Hamidova - Anna Xamori (Vengriya) 4:1
Bungacha -57 kg vazn toifasidagi bokschimiz Sitora Turdibekova ikkita jangda g'alaba qozonib, chorak final yo'llanmasini hal qilgandi. SHuningdek +81 kg vaznli Mohira Abdullaeva to'g'ridan-to'g'ri chorak final bahsida qatnashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar