10 may 10:43
Yangiliklar

Besh nafar shaxmatchi bir xilda ochko bilan peshqadamlik qilyapti
Aylana tarzda o'tkazilayotgan erkaklar o'rtasidagi musobaqada 5 nafar xalqaro grossmeyster - Nodirbek Abdusattorov (2550, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev (2451), Aleksey Barsov (2411) va Toxir Vohidov (2400) dona suryapti.
Ettinchi turda dunyo tarixidagi eng yosh ikkinchi xalqaro grossmeyster maqomiga erishgan Nodirbek Abdusattorov qora donalarda yana bir yosh iqtidor egasi Javohir Sindarov bilan durang o'ynadi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra karvonboshilik qilayotgan Nikita Xoroshev Nodirbek Yoqubboev bilan murosaga keldi.
Ulug'bek Tillaevdan ustun kelgan tajribali grossmeyster Marat Jumaev ham ochkolari sonini 4,5taga etkazib oldi. Bu turda Tohir Vohidov, Akmal Fayzullaev va Sayidali Yo'ldoshev ham g'alabaga erishdi.
Bugun o'tkaziladigan sakkizinchi tur oldidan biryo'la besh nafar shaxmatchi -Nikita Xoroshev, Marat Jumaev, Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboev 4,5tadan ochko jamg'arib peshqadamlik qilishyapti.
Fikrlar