15 jan 14:08
Yangiliklar

Beshariqda “IIB kubogi” g'olibi aniqlandi, endi navbat “Prokuror kubogi”ga
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayramida «IIB kubogi» turniri g'olibi aniqlandi. Turnirning final bosqichida to'rtta jamoa o'zaro kuch sinashdi. 3-o'rin uchun kechgan bahsda “Tovul” MFYning “Qatortol” jamoasi “Pastki Yakkatut” MFY jamoasi bilan asosiy vaqtda durang o'ynadi – 2:2. Penaltilar seriyasida esa omad “Tovul” mahallasi jamoasiga kulib boqdi.
Musobaqaning final bahsida Abdurazzoq ota hamda “Toshariq” mahallalari jamoalari to'qnash kelishdi. Murosasiz o'tgan bahsda Abdurazzoq ota mahallasi jamoasi 4:2 hisobida g'alaba qozonib, «IIB kubogi» sohibiga aylandi. G'oliblarga tuman hokimi hamda IIB boshlig'ining esdalik sovg'alari topshirildi.
Final uchrashuvini 3 mingdan oshiq tomoshabin kuzatib bordi. Madaniyat markazining yosh xonandalari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar esa bayram tadbirlariga o'zgacha fayz kiritdi.
SHundan so'ng mini-futbol musobaqalari estafetasini tuman prokuraturasi qabul qilib oldi. Demak, navbatdagi turnir «Prokuror kubogi» uchun o'tkaziladi.
Fikrlar