29 avg 11:55
Yangiliklar
Zamonaviy beshkurash
Beshkurashchilarimiz Osiyo o'yinlari oldidan so'nggi yig'inni o'tkazishmoqda
Zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
Toshkent shahrida o'tayotgan mashg'ulotlarga Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan asosiy jamoa vakillari jalb etilgan. Yig'in 15 sentyabrga qadar davom etadi. SHundan so'ng jamoa birinchilardan bo'lib Xanchjou shahriga yo'l oladi.
Taqvimga ko'ra, mazkur sport turidagi bahslar ochilish marosimidan avval boshlanadi. 20-24 sentyabr kuniga belgilangan bellashuvlarda hamyurtlarimiz Osiyo o'yinlarining medallari qatori Parij-2024 Olimpiadasining yo'llanmalari uchun ham kurash olib borishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar