06 iyu 09:25
Yangiliklar
Boshqalar
Beshkurashchilarimiz yana bir xalqaro turnirda
O'zbekistonlik zamonaviy beshkurashchilar navbatdagi xalqaro turnirda vatanimiz sharafini himoya qiladilar.
Joriy yilning 7-11 iyul kunlari Qozog'istonning Almati shahrida bo'lib o'tadigan yozgi ochiq chempionatda o'ndan ortiq davlatdan 70dan ziyod spotchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Malumot uchun, O'zbekiston zamonaviy beshkurash terma jamoasi ilk bor shu yilning 29-30 iyun kunlari Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo kubogida ishtirok etgan edi.
Mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Ruslan Mamatqulov suzish, o'q otish kabi yo'nalishlar bo'yicha kattalar o'rtasidagi bahslarda 12, yoshlar o'rtasidagi bahslarda esa umumiy 954 ball bilan faxrli 3-o'rinni egallagan edi.
O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi axborot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar