06 sen 15:07
Yangiliklar
Boshqalar

Beshkurashchimiz ilk marta jahon chempionati finaliga chiqdi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Quvonarlisi, o'zbekistonlik sportchi Alisa Faxrutdinova dunyoning 37 davlatidan jami 68 nafar sportchi ishtirok etgan musobaqa yarim finalida muvaffaqiyatli ishtirok etib, O'zbekiston sporti tarixida ilk marta final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Hal qiluvchi bellashuvlar bugun bo'lib o'tmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar