22 fev 23:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Beterbiev - Bivol g'olibi uchun davogarni aniqlab bergan jang to'liq davom etdi
Ar-Riyoddagi Riyadh Season turkumli boks oqshomi davom etmoqda.
Oqshom doirasida navbatdagi jang yakuniga etdi.
Unda yarim og'ir vazn toifasida ikki Buyuk Britaniya vakili — Joshua Buatsi hamda Kallum Smit ringga ko'tarildi.
Bokschilar o'rtasida 12 raund etib belgilangan jang to'liq davom etdi. Yakunda Smit hakamlarning yakdil qarori bilan 119-110, 115-113, 116-112 hisobida g'alabani o'ziniki qildi.
Bu orqali Kallum WBO Interim kamarini ham qo'lga kiritdi va Beterbiev — Bivol jangi g'olibiga davogar bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar