24 mar 07:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Beterbievning bekor bo'lgan jangidan qancha zarar ko'rgani aytildi
Yarim og'ir vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbievning navbatdagi himoya jangi bekor qilingandi.
Rossiyalik jahon chempioni IBF kamarini majburiy davogar, xitoylik Men Fanlundan himoya qilishi kerak edi. Arturning murabbiyi Mark Remsi chempion ushbu jangning bekor bo'lishidan qancha zarar ko'rganini aytdi.
"Jangning bekor qilinishi Beterbievga 35-52 ming dollarga tushdi. Bu summa faqat olti kishidan iborat jamoaning Kanadaga uchib kelishi, mashg'ulot bazasi uchun to'lovni o'z ichiga oladi. Artur endi harajatlarni qoplashi kerak bo'ladi", - deya Remsining so'zlarini keltirmoqda BoxingScene.
Eslatib o'tamiz, Artur Beterbiev - Men Fanlun jangi 28 mart kuni Kanadaning Kvebek shahrida o'tkazilishi kerak edi. CHempionlik jangi koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilingandi.
Havola :
Fikrlar