23 iyu 09:44
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/77677_220.jpg)
"Beyjing Goan"ning Beylga qancha maosh taklif qilgani malum bo'ldi
"Czyansu Sunin"dan so'ng "Beyjing Goan" ham uelslik o'yinchini o'z tarkibiga qo'shib olishni xohlab qoldi.
Xavbek "Real"da haftasiga 600 ming funt (669 ming evro) miqdorida maosh oladi. Mirror nashrining xabar berishicha, Xitoy klubi Beylga haftasiga 1 mln. funt taklif qilgan.
Beyl faoliyatini "Beyjing Goan"da davom ettirsa, u Xitoydagi eng ko'p haq oluvchi o'yinchiga aylanadi. Hozirda esa bu maqom Esekel Laessiga tegishlidir.
Eslatib o'tamiz, transferlar oynasi Xitoyda 31 iyulda yopiladi.
Havola :
Fikrlar