20 jan 22:10
Yangiliklar
Futbol

Beyl ketishni istamayapti
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl Madridda qolishni istamoqda.
"BBC" xabariga ko'ra, u boshqa jamoada ijarada o'ynashni istamayapti. Ayni damda futbolchi bilan "Manchester Yunayted" hamda "Tottenxem" kabi klublar faol muzokaralar olib bormoqda.
So'nggi paytlarda Beyl "Real" zaxirasida qolib ketmoqda va o'yinlarda maydonga tushmayapti. Yanvar oyida u 4 o'yinning faqatgina bittasida maydonga tushdi.
Ushbu mavsumda Beyl "Real" tarkibida 14 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 2 golga assist bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar