06 noy 08:21
Yangiliklar
Futbol

Beyl Uels terma jamoasiga qaytdi
Uels terma jamoasi 12 noyabrda AQSH bilan o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
So'ngra, Millatlar Ligasi guruh bosqichi doirasida Irlandiya (15 noyabr) va Finlyandiya (18) bilan uchrashadi.
Terma jamoa ustozi Rayan Giggzda yuzaga kelgan shaxsiy muammolari tufayli, uning kursisini vaqtincha Robert Peyj egallab turibdi va u “Tottenxem” vingeri Garet Beylni terma jamoa yig'inlariga jalb qildi.
Beyl sentyabrda Millatlar Ligasi doirasida o'tgan Bolgariyaga qarshi uchrashuvda jarohat olgan, oktyabrda esa jismoniy holatini tiklash bilan band bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar