18 apr 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bibosinov - Do'smatov jangi to'liq davom etdi
Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha ananaviy "Konstantin Korotkov" xalqaro xotira turniri davom etmoqda.
Bugun musobaqada 1/2 final janglari o'tkazildi. 54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Faryozbek Do'smatov Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni, qozog'istonlik 27 yoshli Saken Bibosinovga qarshi final chiptasi uchun bahs olib bordi. To'liq uch raund davom etgan jangda tajriba o'z so'zini aytdi. Bibosinov 5:0 hisobidagi g'alaba evaziga finalga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, kecha 1/4 finalda Hasanboy Do'smatov ukasi Faryozbekka qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Kutilganidek, aka ukaga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat taqdim etdi. Kichik Do'smatov musobaqada bitta jang o'tkazib mag'lub bo'lganiga qaramay, vatanga bronza medali bilan qaytadigan bo'ldi.
Havola :
Fikrlar