15 apr 09:38
Yangiliklar
Bilasizmi? 15 aprel kuni ilk Olimpiya o'yinlarining yopilish marosimi bo'lib o'tgan
O'sha vaqtda «I Xalqaro Olimpiya o'yinlari» nomi bilan yuritilgan musobaqada 14ta mamlakatdan kelgan jami 241 nafar erkak sportchi 9ta sport turida ishtirok etgan. Ayollar ushbu musobaqada umuman ishtirok etishmagan.
Dastlabki musobaqa hozirgilaridan tubdan farq qilgan – Olimpiada mashalasi ham, oltin medallar taqish ham bo'lmagan. Tashkilotchilar sportchilarning millati va medal sarhisobi bilan shug'ullanishmagan, shu bois bizgacha etib kelgan malumotlar xato bo'lishi mumkin.
Afinada 1896 yili o'tkazilgan birinchi zamonaviy olimpiada o'yinlarida birinchi o'rinni egallagan atletlar lavr bargi va kumush medallar bilan taqdirlanganlar. Qizig'i, ikkinchi o'rin egalariga bronza medallari topshirilgan bo'lib, uchinchi o'rin sohiblariga hech qanday sovrin berilmagan.
Fikrlar