14 okt 07:53
Yangiliklar
Futbol
Bilasizmi? BAA terma jamoasi futbolchisi O'zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin
15 oktyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida BAAga qarshi o'ynaydi.
Championat.asia saytida BAA terma jamoasi O'zbekistonga 4 yo'qotish bilan kelayotgani haqida xabar chiqdi. 4 futbolchidan biri Fabio De Lima. "Al Vasl" klubi futbolchisi 2013 yilda O'zbekiston fuqarosi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida ro'yxatdan o'tgan. Bu holat O'zbekistonda tekshiruvga sabab bo'lgan va bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani malum bo'lgan.
SHu bois Fabio hech qachon O'zbekistonga uchib kelmaydi. O'z vaqtida "Nasaf" OCHLda "Al Vasl"ni qabul qilgan va De Lima Qarshiga kelmagandi. Yaqindagina "Al Vasl" "Paxtakor"ga qarshi o'ynadi, tushunganingizdek Fabio kelmadi. U 15 oktyabr kungi bahsni ham BAAdan turib tomosha qiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar