29 may 15:49
Yangiliklar
Tennis
Bilasizmi? Denis Istomin 2018 yildan buyon ilk marotaba "Rolan Garros"ning asosiy bosqichida ishtirok etadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin germaniyalik Tobias Kamkeni mag'lubiyatga uchratib, Franciya Ochiq chempionatining asosiy davrasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.
Istomin “Rolan Garros” turnirida ilk marotaba 2009 yil qatnashgan. Tennischimizning ushbu musobaqadagi eng yaxshi natijasi ikkinchi bosqich bo'lgan. Asosiy to'rdagi o'yin Istomin uchun faoliyatidagi yangi sahifa bo'ladi.
Istomin “Ulkan Toj” turkumidagi turnirlarda oxirgi marta 2019 yilgi Uimbldon musobaqasida qatnashgan. SHundan keyin ”Katta Dubulg'a” musobaqalarining hech birida asosiy bosqichda ishtirok etmagan.
Denisning juftliklardagi eng yaxshi natijasi esa 3-bosqich hisoblanadi. 2011 va 2012 yilda Istomin “Rolan Garros”ning 3-bosqchigacha etib borgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar