21 sen 12:14
Yangiliklar
Futbol

Bilasizmi? Messi ushbu mavsumda butun boshli "Real" jamoasi bilan bir xil gol kiritdi
“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 5 turiga kelib, 9 ta gol urishga erishdi. “Real” jamoasi ham xuddi shu ko'rsatkichni qayd etdi.
“Qirollik klubi” chempionat startida “Deportivo” (3:0) va“Sosedad” (3:1)
ni mag'lubiyatga uchratdi. “Valensiey” (2:2) va “Levante” (1:1) bilan
durang qayd etilgan bo'lsa, oxirgi uchrashuvda “Betis”ga mag'lub bo'ldi
(0:1).
O'z navbatida Leo Messi “Eybar”ga qarshi uchrashuvda (6:1)
poker, “Espanol”ag qarshi o'yinda (5:0) xet-trik va “Alaves”ga qarshi
uchrashuvda (2:0) dubl muallifiga aylandi.
Ayni paytda“Barselona”
5-turdan so'ng umumjamoa hisobida 17 ta gol urib, 15 ochko bilan musobaqa
jadvalida etakchi bo'lib turibdi. “Real” esa 8 ochko bilan 7-o'rinni egallab
turibdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar