So’nggi yangiliklar

19:39Чимаев Стриклендга реванш учун 1 миллион доллар таклиф қилди 0 18:25Волкановски: "У билан жангда фаолиятимдаги энг яхши жисмоний ҳолатда бўламан" 0 17:51Ўртоқлик учрашувида Жанубий Кореяга мағлуб бўлдик 0 17:28Тайсон Фьюри Усик билан трилогия қачон бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0

12 okt 12:58
Yangiliklar

Futbol

Bilasizmi? O'zbekiston - BAA uchrashuvini Osiyo kubogi finalida 3 ta penalti belgilagan hakam boshqaradi

15 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida BAAga qarshi o'yin o'tkazadi.

OFK mazkur uchrashuvga xitoylik Ma Ning boshchiligidagi hakamlarni tayinlagan. Bu referi yanvar oyida Qatarda o'tgan Osiyo kubogi final uchrashuvini boshqargan va Qatar foydasiga 3 ta penalti belgilagan edi. Finaldan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Akram Afif va bosh hakam turli memlar qahramoniga aylangan edi.

45 yoshli Ma Ning faoliyati davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarda bosh hakam bo'lmagan ekan. 

Klublarimiz ishtirokidagi bir qator uchrashuvlarda ishlashgan:

"Paxtakor" - "Al Taavon" (S.Arabistoni) 5:4
"Nasaf" - "Al Sadd" (Qatar) 3:1
"Lokomotiv" - "Al Rayan" (Qatar) 3:2
"Paxtakor" - "Al Jazira" (BAA) 3:0
"Zob Ohan" (Eron) - "Bunyodkor" 5:2
"Nasaf" - "Al Ahli" (S.Arabistoni) 2:1
"Fulad" (Eron) - "Lokomotiv" 1:0

Malumot uchun, bu hakam 2018 yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo kubogi finali doirasidagi O'zbekiston - Vetnam (o'sha mashhur qor jangi) uchrashuvida bosh hakam bo'lishi kerak edi. Ammo sog'ligi tufayli zaxira hakami vazifasini bajargan. Bazi manbalarda Ma Ning o'sha uchrashuv bosh hakami bo'lgan deb yozilgan ammo videolardan ko'rish mumkinki uchrashuvni o'monlik hakam Ahmad Al Kaf boshqargan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing