07 iyu 13:52
Yangiliklar
Tennis

Billi Jin King Kubogi finali 31 yillik tanaffusdan so'ng Britaniyaga qaytmoqda
Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) Billi Jin King Kubogi-2022 turnirini SHotlandiyaning Glazgo shahrida o'tkazishga qaror qildi.
SHu tariqa, ushbu musobaqaning final bosqichi 31 yillik tanaffusdan so'ng Buyuk Britaniya hududida o'tkaziladigan bo'ldi. 8-13 noyabr kunlari yopiq xard kortlarda o'tkaziladigan turnirda mezbonlardan tashqari, final bosqichida 11 ta jamoa - Avstraliya, Belgiya, Kanada, CHexiya, Italiya, Qozog'iston, Polsha, Ispaniya, Slovakiya, SHveycariya va AQSH ishtirok etadi.
"Birinchi Billi Jing King Kubogi 1963 yil Buyuk Britaniyada o'tkazilgan edi. Oxirgisi esa 1991 yilga to'g'ri keladi. 31 yildan so'ng biz yana mezbonmiz", - deydi mahalliy laun-tennis Associaciyasi (LTA) rahbari Skott Lloyd.
Takidlash joiz, sentyabr oyida Glazgo shahri "Devis Kubogi"ning guruh bosqichiga ham mezbonlik qiladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar