19 dek 09:30
Yangiliklar
Bilol Muhammad: "Bu UFC uchun sharmandalik"
"To'g'risini aytsam, bu butun divizion uchun sharmandalik. Siz 2 yildan beri xech qaerda ko'rinish bermagan tilanchi Kolbiga titul yutish uchun imkon beryapsiz. Agarda uning jag'ini sindirishganida u bunga loyiq deb aytgan bo'lardim. Leon uni mag'lub etishini kutgandim, biroq bu kutganimdan osonroq o'tdi.
UFC navbatdagi davogar kimligini biladi. Men o'sha erda bo'lishim kerak. Yarimo'rta vazndagi o'z buyukligimni qaytarib olishim kerak, shu sababli har bir jangimda qattiq harakat qilyapman. Doimo barcha bilan yuzma-yuz tura olaman va Leonga nafas olishi uchun imkon bermayman.
O'z qonini o'ziga ichiraman. Nafas olishiga ham qiynaladi. Oktagon tashqarisidagi murabbiyi esa: "Qara, u boshqa ustingdan kulmasin", deydi. Uning ustidan kulib tashlayman", - dedi UFC jangchisi Bilol Muhammad.
Fikrlar