09 sen 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Bilol Muhammad Konor Makgregor bilan jangga qiziqmayapti
UFCning yarimo'rta vazn toifasidagi chempioni Bilol Muhammad Konor Makgregor bilan jang hozircha qiziq emasligini aytdi.
"U 77 kg vazn toifasida yaxshi ko'rinadi deb o'ylamayman. U hozir kokain istemolchisiga o'xshaydi. Agar u Mayklni mag'lub etgan taqdirda ham, men bilan jang qilishiga yo'l qo'yib bermasdim. CHunki bunga loyiq bo'lgan boshqa ko'plab yigitlar bor.
Agar rahbariyat unga 77 kg vazn toifasida men bilan chempionlik jangiga qaror qilsa, men ham 2 yil kutishimga to'g'ri kelardi. Bunday bo'lmaydi. Umid qilamanki, u CHendler bilan jang qiladi. Maykl uchun afsusdaman. U juda ko'p kutib qoldi. Menimcha bu jang amalga oshmasa kerak", - dedi Bilol Muhammad.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar