So’nggi yangiliklar

11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0

18 fev 09:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Bilol Muhammad Maxachev uchun chempionlik kamaridan voz kechishga tayyor

UFC’ning yarim o'rta vazn toifasi chempioni Bilol Muhammad o'z kamarini tashlab, o'rta vaznga ko'tarilishga tayyor ekanligini aytdi.

U engil vazn chempioni Islam Maxachev bilan jang qilishni xohlamaydi.

"Men uchun pul hech qachon eng muhimi bo'lmagan. SHuning uchun Islam bilan jang qilgim kelmaydi. Ular (Xabib jamoasi) menga juda katta yordam berishgan. SHu bois, o'rta vaznga ko'tarilganim maqul, yarim o'rta vazn kamarini esa Islam olib qo'yaversin.

Men Islam bilan hech qachon jang qilmayman, chunki bu oddiy raqobat emas. Biz birga mashg'ulot o'tkazganmiz, birga qon to'kkanmiz, birga mehnat qilganmiz – bu tamoman boshqa munosabat.

Yarim o'rta vazn kamari yo'lida men top-10 dagi besh nafar jangchini mag'lub etdim. Yana ikki jang o'tkazsam, ikki vazn toifasida chempion bo'lishni xohlashimni aytib, o'rta vaznga ko'tarilaman.

Men hozir 86 kg atrofidaman, shuning uchun o'rta vazn men uchun muammo emas. Ko'pincha o'zimdan yirikroq yigitlar bilan mashq qilaman va ularning kuchini his qilaman. CHimaevni hisobga olmasak, o'rta vazn UFC’dagi eng zaif divizion bo'lsa kerak. UFC 312’ning asosiy jangini ko'ring, shunda mening gapimga qo'shilasiz", - dedi Bilol. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing