23 dek 12:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Bilol Muhammad: "Uning jag'ini uzib olish kerak"
UFC jangchisi Bilol Muhammad Leon Edvardsga qarshi jangdan keyin uning otasi haqida gapirgan Kolbi Kovingtonni tanqid qildi.
"Leon Edvardsni yanchib tashlab, kamarini tortib olmoqchiman. Biroq Kovington qilgani kabi raqibning oilasini hech qachon haqoratlamaslik kerak deb hisoblayman. Kolbi - steyk-xausda jag'i uzib olishga arziydigan ish qilgan odam", - dedi Bilol Muhammad.
2022 yilning mart oyida Kolbi Mayamidagi restoranlardan birida janjalda ishtirok etgan va Xorxe Masvidalning sobiq jamoadoshi bilan yoqalashib ketgan. SHundan keyin Masvidal janjalga sabab Kovingtonning so'zlari bo'lganligini aytgan.
Havola :
Manba : twitter.com/bullyb170
Fikrlar