26 dek 07:03
Yangiliklar
Bir guruh gimnastika fidoyilariga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida o'tgan tadbirni Kengash raisi Bahodir Maxsitov olib bordi va hukumatimizning har bir aholi qatlami qatori faxriylarimizga ko'rsatayotgan etibori haqida to'xtalib o'tdi.
Tadbir davomida faxriylarimiz hozirda davlatimiz tomonidan yoshlarimiz uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni avvalgi davr bilan solishtirib, hozirgi avlod tom manoda ulkan imkoniyatlar zamonida yashayotganini takidlashdi.
SHundan so'ng uzoq yillar sport gimnastikasi, trampolin va akrobatika yo'nalishida sportimiz rivojiga hissa qo'shgan 9 nafar fidoyilarga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi. Salomatligi va bazi sabablar bilan ushbu tadbirga kela olmaganlarga mukofotlari etkazib berilishi takidlandi.
Fikrlar