18 apr 06:45
Yangiliklar
Futbol

Bir kishi kam o'ynagan “Barselona” durangga erishdi
La Liganing 33-turida chempionat karvonboshisi “Barselona” safarda noqulay raqibi “Selta” bilan kuch sinashdi.
Kataloniyaliklar safida Messi, Suares, Umtiti va Alba zaxiradan joy olishdi. Uchrashuvda Usmon Dembele tezkor qarshi hujumdan keyin ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi. Bo'lim oxirida Kastro o'ng qanotdan uzatilgan to'pni qiyinchiliksiz ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi.
Ikkinchi bo'limda kataloniyaliklar yana hisobda oldinga chiqib olishdi. O'yin yakunlanishiga sakkiz daqiqa qolganida “Selta” to'purari Yago Aspas uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:2.
Havola :
Fikrlar